Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV AQShning Rossiya qurollaridan voz kechgan davlatlarga pul to‘lash rejasi haqida ma'lum qildi
AQSh davlat departamenti dastlab Varshava shartnomasi tashkiloti qatnashchilari uchun mo‘ljallangan dasturni global miqyosga olib chiqmoqchi. Dasturga ko‘ra, Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan qurollardan voz kechib, Amerikada ishlab chiqarilgan qurollarni sotib oladigan davlatlarga Vashington mablag‘ to‘laydi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Defense One portali xabar qildi.
Portalning yozishicha, ushbu dastur «Yevropa rekapitalizatsiyani rag‘batlantirish dasturi» deb nomlanadi va bir yildan buyon mavjud. Ushbu dastur orqali Sharqiy Yevropaning olti davlati AQShning yangi vertolyotlari va zirhlangan mashinalarini sotib olgan.
Manbalarning bildirishicha, endilikda davlat departamentidagilar «global miqyosda» harakat qilmoqchi hamda ittifoqchi va sheriklarini nafaqat Rossiya, balki Xitoy qurollaridan ham voz kechishga ko‘ndirmoqchi.
Defense One’ning yozishicha, Amerika dotatsiyasini olmoqchi bo‘lgan davlat o‘zida mavjud bo‘lgan Rossiya qurollaridan voz kechishi, yana ana shunday yangi qurol sotib olmaslikka va'da berishi va Amerika qurollarini sotib olish uchun o‘z mablag‘laridan bir qismini ajratishi lozim.
Portal manbalarining aytishlaricha, hozirda ushbu dastur doirasida Markaziy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo va Afrika davlatlariga dotatsiya ajratish imkoniyati muhokama qilinmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026