Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda bir oydan ko‘proq davom etgan parlament saylovlari o‘z nihoyasiga yetdi
Hindistonda 19 may kuni 11 aprelda boshlangan umumiy parlament saylovlarining yakunlovchi 7-bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ma'lum qilinishicha, saylovlarning oxirgi bosqichi Bixar, Jarkxand, G‘arbiy Bengaliya, Madxya-Pradesh, Panjob, Uttar-Pradesh, Ximachal-Pradesh va ittifoqdosh hudud – Chandigarxda bo‘lib o‘tgan.
Ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 7da boshlanib, 18da yakunlangan.
Umumiy hisobda saylovlar barcha 29 shtat va 7 ta ittifoqdosh hududda 7 ta bosqichda: 11, 18, 23 va 29 aprel kunlari hamda 6, 12, 19 may kunlari bo‘lib o‘tgan. Saylovlar natijalari 23 may kuni e'lon qilinishi kutilmoqda.
Eng ko‘p ovoz to‘plagan partiya hukmron koalitsiya tuzishi, hukumatni shakllantirishi va bosh vazirni tayinlay olishi mumkin bo‘ladi. Avvalroq ma'lum qilinganidek, ushbu saylovlar ovoz beruvchilar soni bo‘yicha tarixdagi eng katta ko‘lamlisi bo‘lishi mumkin, chunki mamlakatda 900 mln.dan ko‘proq saylovchi qayd qilingan.
Asosiy kurash Hindistonning ikkita yetakchi partiyasi: hukmron “Bxaratiya janata parti” va muxolif “Hindiston milliy kongressi” orasida borgan. Ushbu saylovlarning bosh intrigasi hukmron partiya 2014 yildagi muvaffaqiyatini takrorlay olish-olmasligi va amaldagi bosh vazir Narendra Modi hukumat rahbari lavozimini qatorasiga ikkinchi marta egallay olish-olmasligidan iboratdir.
Mavzuga oid
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
23:10 / 07.01.2026
«Telsartan H» dori vositasining ayrim partiyasi muomaladan qaytarib olinadi
13:02 / 06.01.2026
O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotganlar ko‘paydi: yetakchi mamlakat - Hindiston
09:06 / 03.01.2026