Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Belarus harbiylari rejalashtirilgan hamkorlikdagi mashg‘ulot yuzasidan brifing o‘tkazdi
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
18 may kuni Sharqiy harbiy okrugning «G‘urumsaroy» dala-o‘quv maydonida «Jangovar hamdo‘stlik–2019» O‘zbekiston-Belarus harbiy xizmatchilarining hamkorlikda o‘tkaziladigan maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlari yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki davlat vakillari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan mashg‘ulotlarning muayyan paviloni, rejasi hamda tartibi xususida fikr almashdi.
«Ushbu maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlari davomida har ikki mamlakatning maxsus bo‘linmalari harbiy xizmatchilari bugun dunyoning turli mintaqalarida avj olayotgan terrorizm, diniy ekstremizm hamda qurolli mojarolarga qarshi murakkab va zamonaviy jang amaliyotlarini hamkorlikda qo‘llay olishini namoyish etadi», – deya podpolkovnik Laziz Usmonovning so‘zlarini keltirmoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi mas'ul ofitserlari tomonidan «Jangovar hamdo‘stlik–2019» doirasida Belarus harbiy xizmatchilarining O‘zbekistonning madaniy merosi, go‘zal tabiati, tarixiy obidalari bilan tanishish bo‘yicha tadbirlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgani ta'kidlandi.
Mavzuga oid
11:48 / 19.03.2026
Maduroning safdoshi Venesuela Mudofaa vazirligini boshqarishdan chetlatildi
07:20 / 14.02.2026
Mudofaa uchun 1 kishi hisobiga sarf: yetakchi davlatlar ro‘yxati
18:21 / 10.01.2026
Ataka – hamla, lager – jamloq. Mudofaa sohasiga oid atamalarning o‘zbekcha muqobili taklif etilmoqda
16:31 / 16.07.2025