Qançalik ajablanarli bölmasin, asl vatani Şimoliy Amerika hisoblangan noyob daraxt – botqoq kiparisi Özbekistonning ikkita viloyati Farğona va Samarqandda uçraydi. 1880 yillarda ekilgan bu daraxtlar hozir ham me'yorida ösib rivojlanmoqda. Farğonadagi bir tup botqoq kiparisi Marğilonsoy atrofida kökka böy çözgan bölsa, Samarqanddagi ikkinçi tup Universitet xiyobonida yaşnab turibdi. Har ikki daraxt ham davlat muhofazasiga olingan.
Umuman, yuz yoşdan oşgan har bir daraxt davlat himoyasiga olinadi. Bunday noyob daraxtlar yurtimizda köplab topiladi. Samarqand viloyatida davlat muhofazasiga olingan noyob daraxtlar soni 200 ga yaqin. Samarqand ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi noyob daraxtlar haqida Kun.uz muxbiriga ma'lumot berdi.
Aytaylik, Qöşrabot tumanining Fozilmon ota toğida böy körsatib turgan 450 yillik uç tup arça daraxtlarini haligaça şu yerda yaşovçi aholidan boşqa deyarli heç kim bilmaydi. Qiziği, bu toğlarning heç qayerida boşqa arça yöq. Şu sababdan bölsa kerak uşbu qadimiy uç tup arça haqida turli rivoyatlar bor. Ulardan biriga köra, şu toğdan ötayotgan tört nafar qalandar bir keça tunaş uçun töxtab, asolarini yerga qadab çodir qurgan. Ana şu asolar keyinçalik tomir otib, kökka böy çözgan.

Xuddi şunday noyob daraxtlar sirasiga Narpay tumanidagi 150 yillik baobab, 120 yillik dölana va 100 yillik qayrağoç, Qöşrabotdagi 200 yoşdan oşgan tut, Urgutdagi 152 yoşli Qrim qarağayi va 105 yoşli yonğoq daraxti ham qöşiş mumkin. Ularga «Davlat tabiat yodgorligi» maqomi berilgan.

Viloyatdagi eng «keksa» daraxtlar, şubhasiz çinorlardir. Qadimiy çinor daraxtlari Payariq, Urgut, Toyloq, Narpay, Oqdaryo tumanlari va Samarqand şahrida saqlanib qolgan. Eng yoşi katta çinor Urgut tumanida. Uning yoşi 1 163 da. Urgutdagi «Çorçinor» hududini qadimiy çinorlar muzeyi deyiş ham mumkin. Çunki bu yerda ming yoşdan oşgan 6 ta, ming yoşgaça bölgan 4 ta çinor daraxti ösmoqda.
Anvar Mustafoqulov tayyorladi

















