Sakina Halal Grill - Vashingtonda muhtojlarga bepul taom ulashuvchi restoran
Vashingtondagi bu mo‘'jazgina restoran 2013 yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, AQShdagi yordamga muhtoj, kam ta'minlangan, boshpanasiz insonlarga bepul mazali taomlarni ulashib kelmoqda. Restoran pokistonlik tadbirkorning onasi xotirasiga Sakina Halal Grill deb nomlangan.
«Biz jahonning yetakchi mamlakatimiz. Biroq biz o‘z fuqarolarimizni himoya qilishda ortda qolyapmiz. Bu juda ham uyatli holat. Men bu tamaddixonani qudratli davlatimizning dunyoqarashini oz bo‘lsa-da o‘zgartirish maqsadida, katta umid bilan ochganman.
Har kuni ko‘plab insonlarning biror ozuqa ilinjida chiqindi qutilarini kavlab yurganini ko‘rish menga juda ham qattiq ta'sir qilar edi. Chunki bu hol mening eski xotiralarimni yodga solardi», - deydi restoran asoschisi Kazi Mannan.
Kazi Pokistondagi kichik qishloqlarning birida tug‘ilgan bo‘lib, bolaligidan qashshoqlik va ochlikni ko‘rib katta bo‘ladi. Voyaga yetgach, uning orzusi ushalib, 1996 yilda Amerikaga yo‘l oladi. Hozirda u o‘zining muvaffaqiyatli biznesini yo‘lga qo‘ygan.
«Qashshoqlik - bu zavq emas. Bolalik chog‘imda men har kuni ziddiyatli vaziyat, og‘ir kunlarga duch kelar edim», - deydi u.
Ayni damda Kazi Mannan muhtoj insonlarga har yili 16 mingdan ziyod bepul taomlarni yetkazishni maqsad qilgan. Uning fikricha, u taomlarga sarflayotgan puliga sira achinmaydi, aksincha, bu ishdan faqat ko‘ngli to‘ladi.
Mahalliy aholi Kazining tashabbusidan juda minnatdor.
«Bunday hol har kimning boshiga tushishi mumkin. Yegulik topa olmay yurganimda meni quchoq ochib kutib oluvchi va mazali taomlar beruvchi shunday ajoyib maskan borligidan xursandman», - deydi restoran mijozlaridan biri.
Mavzuga oid
16:12 / 12.11.2024
Kuvayt restoranlar uchun O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish imkonini o‘rganmoqda
20:02 / 31.10.2024
Ishdan bo‘shatilgan xodim yashirin ravishda Disney restoranlaridagi menyularni o‘zgartirib qo‘ydi
12:48 / 21.10.2024
“700 ga yaqin umumiy ovqatlanish korxonalarining 75 foizida taomnoma o‘zbek tilida emas” – Raqobat qo‘mitasi
08:50 / 14.09.2024