19:58 / 23.05.2019
28620
Reklama

AKFA universitetida qabul jarayonlari boshlandi

AKFA universitetining 2019/2020 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi. 2019 yil 1 iyundan oliygohga hujjat qabul qilish to‘liq onlayn tartibda amalga oshiriladi. Joriy o‘quv yilida ta’lim maskani 200 nafar talabani qabul qiladi. Ilk o‘quv yilida talabalarning faqat tibbiyot yo‘nalishida (Medical College) tahsil olishlari ko‘zda tutilgan.

Quyidagi hujjatlarning elektron nusxasi talab etiladi:

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport);
  • o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim haqidagi hujjat – attestat, diplom, diplom olinmagan bo‘lsa – o‘qishni tugatganligi haqida ma’lumotnoma;
  • IELTS (minimum 5.5 ball) yoki TOEFL ekvivalenti.

Imtihonlar iyul oyida o‘tkaziladi. Aniq sana va boshqa tafsilotlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot www.akfauniversity.uz veb-saytida beriladi. 

Qabul jarayoni bilan bog‘liq qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa, universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga yozishingiz mumkin:

Telegram: t.me/akfauniversity

Facebook: fb.com/akfauniversity

Instagram: instagram.com/akfauniversity

Reklama huquqi asosida

Top