Bugun, 11 may kuni, Prezident maktablariga qabul va kiriş imtihonlarini ötkaziş tartibi yuzasidan ötkazilgan matbuot anjumanida Prezident maktablariga hujjat topşiriş va imtihon jarayonlari tartibi va talabalar töğrisida ma'lumot berildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi rahbari Hilola Umarovaning ma'lum qilişiça, bu yil Prezident maktablariga qabul 5 iyundan 25 iyungaça davom etadi. Imtihonlar 3 bosqiçda bölib, kiriş imtihonlarining birinçi bosqiçi 20-25 iyul kunlari matematika fanidan bölib ötadi.

Agentlik direktor örinbosari Amirulla Abdullayevning qöşimça qilişiça, birinçi bosqiçda matematika fanidan imtihonda 30-40 ta savol beriladi. Ikkinçi bosqiç 20-23 avgustda bölib ötadi. Bunda tanqidiy fikrlaş, muammoni yeçiş va ingliz tilidan test sinovlari böladi.

Agentlik direktor örinbosari Prezident maktablariga kiriş uçun talab qilinadigan hujjatlar haqida ma'lumot berdi.

“Prezident maktablariga qabul uçun, tuğilganlik töğrisida guvohnoma, belgilangan şakldagi ma'lumotnoma, 3 4 ölçamdagi rasm (oxirgi 2 oy davomida tuşilgan), baholar tabelining nusxasi, talabgor hamda uning ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar fuqarolik pasporti ma'lumotlari (telefon raqami, elektron poçta ,manzili) kabilar talab qilinadi”, – deya ma'lum qildi Abdullayev.