Beş kun muddatda aholidan hujjatlarni onlayn qabul qiliş boşlanadi. 

Şavkat Mirziyoyev boş vazirga ikki hafta muddatda qöşimça davlat granti asosidagi (imtiyozli) qabul parametrlarini tasdiqlaş böyiça körsatma bergan. 

Bu yil 1,5 milliondan ziyod yoşlar oliygohlarga kiriş uçun hujjat topşirişi kutilmoqda.

Bu yil ilk marta 9ta nodavlat oliygohlarda 22ta yönalişda talabalarni öqitiş uçun 500ta davlat granti ajratiladi.

Şuningdek, prezident bu yil oliygohlarga qabul soni ötgan yilga nisbatan 13 foizga oşirilib, 181 ming nafarga yetkazilişini ma'lum qilgan.