Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Turkmaniston prezidentining onasi og‘ir ahvoldaligini ma'lum qildi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning onasi shifoxonaga tushib qolgani sababli Turkiyadan Turkmanistonga shifokorlar brigadasi jo‘nadi. Bu haqda Turkiyaning Daily Sabah nashri xabar berdi.
10 nafar turkiyalik shifokordan iborat brigada Ashxobodga 22 may ertalab yo‘l olgan. Ma'lum qilinishicha, prezident onasi – Ogulabat Berdimuhamedova o‘pkani sun'iy shamollatish qurilmasiga ulangan.
“Xroniki Turkmenistana” nashrining xabar berishicha, turkiyalik shifokorlar orasida Istanbuldan 7 nafar professor, taniqli anesteziolog-reanimatolog va jismoniy reabilitatsiya maxsus markazi shifokori bor.
O‘z navbatida Turkmen Yurt TV nashrining xabar berishicha, prezident onasi juda og‘ir ahvolda bo‘lib, yoshi keksaligi va surunkali kasalliklari sababli shifokorlar kuzatuvida bo‘lgan.
Nashr manbalarining ta'kidlashicha, ayolga uchinchi darajadagi gipertonik kasallik, miya qon aylanishi buzilishi, gipertonik kriz, gemorragik insult, ikkinchi darajali koma, etsefalopatiya, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, miya shishi, surunkali xoletsistit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, yurak-o‘pka yetishmovchiligi kabi tashxislar qo‘yilgan.
Mavzuga oid
22:48 / 15.02.2026
Qirg‘iziston ortidan Turkmanistonda ham milliy xavfsizlik rahbari almashtirildi
15:14 / 30.01.2026
O‘zbekistonga o‘qishga kelganlar soni oshdi: Hindiston va Turkmaniston yetakchi
18:30 / 19.01.2026
Turkmaniston possovet hududidagi eng hushyor mamlakat deb tan olindi
18:22 / 29.12.2025