Kun.uz saytida aholiga arzon göşt sotiş evaziga arzonlaştirilgan narxda yem-xaşak olişga va'dalar berilgan fermerlar tuşib qolgan holat haqida oldin ham tanqidiy maqola e'lon qilingandi. Bu safar aynan şu dardda yurgan boşqa bir fermer, qöqonlik Elmurod Röziqulovning hasratlariga quloq tutdik. Bu fermer ham viloyat hokimligining talabi bilan Farğona bozorlarida aholiga arzon narxlarda göşt sotgan.

«Farğona viloyatining Qöqon, Danğara va Farğona şaharlarida arzonlaştirilgan narxlarda jami 130 tonna göşt sotdik. Har bir kilogrammidan örtaça 8 ming sömdan zarar kördik. Arzon narxlarda sotilgan har bir kilogramm göşt evaziga 10 kilogrammdan şrot va 10 kilogrammdan arzonlaştirilgan narxlarda şeluxa mahsulotlari berişni va'da qilişgandi. Hatto, bozorga maşinada yemlarni olib kelib tökib ham qöyişdi, “kim arzon narxda göşt sotsa, şu joyning özida tortib beramiz” degandek göyo.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Biz aslida 51 gektar çorva yer sotib olganmiz. Keyin bizni yerni hokim olib qöyib, çöldan yer berdi. Bizning yerlar esa paxta-ğallaga ötkazildi. Keyin, maqbullaştiriş çiqib, bu yerimizdan ham quruq qoldik. Paxta-ğallaning rejalarini doim bajarib kelganmiz. Çöldan berilgan yerda esa qanday qilib çorva köpaytiramiz, şunga hayronman. Arzon narxda yem va'da qilişgani uçun şu işga kirişgan edik. Çorvaga yem yetişmagaç, barça qoramollarni sotib tugatdik. Bir kunda 2 tonna sut olardim. Germaniyadan olib kelingan naslli qoramollarim bor edi. Qassoblarga va işçilarga oylik tölaşning özi bölmagan. Har bir kilo göştdan 8 ming söm, boşqa xarajatlar bilan 10 ming sömgaça zarar kördim. Jami 1 milliard 300 million sömgaça zararga kirdim. Farğona viloyat hokimligining yiğiliş bayoni tasdiqlangan. Har sotgan göştim uçun dalolatnomalar mavjud. Va'da berganlar endi teskari qaraşyapti.

Çorva mollarim qolmaganini aytsam, hokimlikdagilar «şeriklarimdan olib turib, ular bilan birgalaşib işlaşim kerakligi»ni aytişmoqda. Şeriklarga, çorva oldi-sotdisi bilan şuğullanuvçilarga iltimos qildim. «Kelinglar, xalq uçun ekan. Hozirça 26 ming sömdan olinadi. Yem çiqsa qolgani böladi», deb aytibman. Yem çiqmaganiga endi ular mening ustimdan yozişgan şekilli, prokuror, tergovçilar hozirda meni jinoyatçiga çiqarib qöyişgan. Lekin men hammasini dalillar bilan isbotlab bera olaman.