Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa vazirligi barchani birinchi ratsionalizatorlik ishlari festivaliga taklif etmoqda
Bugun, 25 may kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlari faoliyatiga zamonaviy ilmiy-texnik va ratsionalizatorlik ishlanmalarini kiritish maqsadida “TECHNO DISCOVERY-2019” festivali o‘z ishini boshladi.
“Hech bir ijobiy g‘oya e'tibordan chetda qolmaydi” shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur festivalda 300 ga yaqin ishtirokchi harbiy texnika va qurol-aslahalarning taktik-texnik xususiyatlarini takomillashtirish, sohaga innovatsion yondashuvlarni qo‘llash takliflari bilan qatnashmoqda. Shuningdek, festivalda boshqa vazirlik va idoralar xodimlari loyihalari bilan ishtirok etmoqda.
Tadbirning asosiy qismi ertaga, 26 may kuni Toshkent harbiy okrugining “Chirchiq” poligonida soat 10.00da boshlanadi.
Festival doirasida ko‘ngilochar tadbirlar, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari hamda konsert dasturi namoyish etiladi.
Mavzuga oid
12:18 / 23.05.2026
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
10:37 / 13.05.2026
Ziroat Mirziyoyeva «Inson uchun» festivalida ijtimoiy loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
20:16 / 12.05.2026
Mudofaa vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi
20:25 / 29.03.2026