O‘zbekiston | 07:57 / 27.05.2019
14202
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya prezidenti UrDU talabalari bilan uchrashadi 

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer joriy yil 27-29 may kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘ladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, tashrif doirasida Frank-Valter Shtaynmayyer Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashadi.

Tashrif yakunida iqtisodiyot, moliya, ta'lim va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid