Jahon | 20:28 / 28.05.2019
5115
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya bosh vazirligiga nomzodlardan biri 3 mln nafar YeI fuqarosiga pasport bepul berilishini va'da qildi

Foto: Getty Images /Christopher Furlong

Buyuk Britaniya atrof-muhit, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish vaziri Maykl Gouv agarda bosh vazir bo‘lsa, 2016 yilgi YeIdan chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazilgan vaqtda Birlashgan Qirollik hududida yashagan 3 mln nafar Yevroittifoq fuqarolariga Britaniya pasporti bepul berilishini va'da qildi. Bu haqda "Skay nyus" telekanali o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

Telekanalning ma'lumotiga ko‘ra, bugungi kunda Britaniya fuqaroligini olish 1330 funt sterlingga (1,7 ming dollar atrofida) tushadi.

YeI davlatlari, Yevropa iqtisodiy hududiga a'zo davlatlar va Shveytsariya fuqarolari Birlashgan Qirollik hududida besh yil yashaganidan so‘ng "doimiy rezident" maqomiga ega bo‘lgan bo‘lsa, Britaniya fuqaroligi olish uchun murojaat qilishlari mumkin. da'vogar 18 yoshdan katta bo‘lishi, ingliz tili hamda Buyuk Britaniya tarixi va madaniyatini bilishi lozim.  

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey 7 iyun kuni konservativ partiya rahbarligidan ketishini e'lon qildi. Uni iste'foga chiqishga Mey taqdim qilgan «Brekzit» bo‘yicha YeI bilan kelishuvdan norozi bo‘lgan partiyadoshlari, xususan Vazirlar Mahkamasi a'zolari majbur qilishdi. Bu esa Tereza Mey mamlakat bosh vazirligidan ham ketishi kerakligini bildiradi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid