Jamiyat | 15:14 / 29.05.2019
4030
11 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda

Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi nafaqat Qarshi shahri, balki viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot muassasalari ichidagi eng yirik, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilayotgan muassasalaridan biridir.

Bugungi kunda markaz tomonidan bir oyda 1 yarim ming, bir yilda esa 18 mingdan ortiq bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Markaz 421 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, shundan  210 o‘rinlisi budjet va 211 o‘rinlisi  xo‘jalik hisobida  faoliyat olib borilmoqda. Bundan tashqari, markazda 6 o‘rinli  reanimatsiya  bo‘limi mavjud.

Joriy yilning o‘tgan davri davomida 4 milliard so‘mdan ortiq xo‘jalik hisobidan ishlab topilgan  pul mablag‘i markazning moddiy texnika bazasi uchun  yo‘naltirildi.

Prezidentning 2019 yil 5 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori va sog‘liqni saqlash vazirligi buyruqlari ijrosini ta'minlash maqsadida markazning barcha bo‘limlarida  chet el  fuqarolari uchun 2  kishilik, shuningdek, mahalliy bemorlar uchun barcha qulayliklarga ega 4 ta VIP palatalar tashkil etilgan.

Markazda bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, vrachlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining malakasi va mas'uliyatini oshirish borasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tajribali vrachlar o‘tgan yil va joriy yilda Koreya, Rossiya, Turkiya davlatlariga malakalarini yanada oshirish maqsadida yuborildi. Shuningdek, Koreya va Rossiya davlatlaridagi tibbiyot muassasalari bilan memorandumlar imzolangan. Ayni vaqtda markazning 3 nafar vrachi  Rossiya davlatida malaka oshirmoqda.

Markazning «Xirurgiya» blokidagi viloyatda yagona hisoblangan «torakal xirurgiya (ko‘krak qafasi xirurgiyasi)» bo‘limida o‘pka rezeksiyasi, o‘pka bo‘lagini olib tashlash, torakotomiya, o‘pka absessi, o‘pka kistasi, plevrit, o‘pka exinokokki va boshqa murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilmoqda.

«Qon-tomir xirurgiyasi» bo‘limi ham viloyatda yagona hisoblanib,  10 o‘ringa mo‘ljallangan. Unda  varikoz kasalliklarida - oyoqlarda flebektomiya (klassik va mikroflebektomiya usulida), arterio-venoz fistula o‘rnatish (gemodializ oladigan bemorlarga), skleroterapiya – kichik varikozlar, gemangiomalar, teleangiektaziya, shuningdek, posttromboflebit,  limfostaz  jarrohlik amaliyotlari bajariladi.

Karotid endarterekomiya (klassik, eversion usulda) ishemik insult kasalligining oldini olish maqsadida endarektomiya va profundoplastika (bemorlarda son arteriyalar aterosklerozi bilan) jarrohliklari yo‘lga qo‘yilgan.

«Urologiya» bo‘limida respublika ilmiy markazlarida bajariladigan prostata bezi adenomektomiya bez o‘rnini tikish bilan, qovuq-qin oqmasini tikish, siydik nayi torayishi, ureteroplastika, plastika amaliyotlari, siydik nayi pastki qismi yoki tosh kasalliklarida uretrotsistoneoanastomoz, siydik kanali turli xildagi torayish holatlarida uretroplastika jarrohliklari amalga oshiriladi.

Viloyatda yagona bo‘lgan «travmatologiya-ortopediya» bo‘limida suyaklarning sinishi, chiqishi, tug‘ma chiqishi, osteomiyelit, artroz, amputatsiyadan so‘nggi holat, osteoxondrozlar, qo‘shma shikastlanishlar, menisk shikasti, suyak o‘sma kasalligi va shu kabi  jarrohliklari bajariladi. 2018 yil sentabr oyidan «Endoprotezlar qo‘yilishi» jarrohligi qilinmoqda.

«Neyroxirurgiya» bo‘limida respublika ilmiy markazlarida bajariladigan ochiq usulda bel, VL1-VL2 umurtqa tanasini spondilolistizini transpedikulyar fiksator bilan repozitsiyasi va  stabilizatsiya qilish, boshni ikkala tepa sohasidagi suyak yetishmovchiligini protokril bilan  yopish, bosh miya peshona sohasidagi o‘smalarini olish jarrohligi qilinadi.

«Umumiy xirurgiya» bo‘limida oshqozon ichaklarga rekonstruktiv jarrohlik amalga oshiriladi. Oshqozon rezeksiyasi, xoletsistoektomiya, oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasi teshilishini tikib qo‘yish, jigardan exinokokkni olib tashlash, o‘tkir ichak o‘tkazmovchiligi, o‘tkir ko‘richak, o‘t xaltasidan tosh olish, har xil qisilgan churralar, bachadondan tashqari homiladorlik, bachadon fibromiomasi va boshqa har xil turdagi churralarga alloplastika qilish  jarrohligi amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ushbu bo‘limda jarrohlik amaliyotidan so‘ng gigant vintral churralarda allaplastika va abdominal, chov churralarida «Lixtenshteyn» jarrohligi ham yo‘lga qo‘yildi.

«Proktologiya» bo‘limida teri va teri osti shilliq qavatlari, pararektal oqma, anal kanalini yorig‘i, o‘tkir parapraktit, dumg‘aza epiteliy yo‘llari yallig‘lanishi, rektovaginal oqma, kandiloma, dermoit kistasi jarrohligining deyarli hamma turi bajariladi.

«Yiringli jarrohlik» bo‘limida o‘tkir ko‘richak, o‘tkir tarqalgan yiringli peritonit, o‘tkir flemonoz holati, kesarcha kesish OKX, qorin bo‘shlig‘ining yopishishi, o‘t qopi oldi absessi, chap tuxumdon, o‘tkir toshli xoletsistit, periappendikulyar absessi, oqmalar, infiltratlar, osteomiyelitlar,  gangrenalar, flegmonalar, panaritsalar  va shu kabi  jarrohliklar amalga oshiriladi.

2019 yil chora-tadbirlar rejasiga asosan haftaning har chorshanba, shanba kunlari tor doiradagi mutaxassislari shahar va tumanlarda  ixtisoslashgan amaliy va metodik tibbiy yordamni tashkillashtirish uchun 1 dona 14 kishilik “Golden Dragon” rusumli mikroavtobus 244,0 mln. so‘mga 3 yil muddat bilan lizing asosida xarid qilindi.

Nogironligi bo‘lgan fuqarolar, kam ta'minlangan oilalar, ijtimoiy kasallikka chalingan bemorlar murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha mavjud muammolar ham hal etilmoqda.

Markazda  internet tarmog‘i orqali shifokor qabuliga masofadan elektron yozilish avtomatlashtirilgan axborot tizimi yaqin kunlarda  ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

Markazni zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta'minlash ishlari ham tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2019 yil 20 may kuni «Fizioterapiya» bo‘limiga «ALMAG» nomli magnitoterapiya apparati o‘rnatildi. Undan tayanch harakatlari a'zolari,  har hil bo‘g‘imlardagi artrit va artrozlar, tayanch harakatlari a'zolari jarohatlari,  periferik nerv sistemasi kasalliklari,  nevralgiyalarda,  markaziy nerv sistemasi jarohatlari,  bosh miya qon-tomirlari,  qandli diabetning asoratlari kasalliklarini davolashda foydalaniladi.

Bundan tashqari, markazdagi «YXZ-IV” markali zamonaviy tibbiy jihoz traksion karavoti bel va bo‘yin umurtqalarini tortish uchun mo‘ljallangan.

Qon-tomir jarrohlik va travmatologiya bo‘limlariga elektroxirurgik koagulyator – «EXVCh-400» markali zamonaviy tibbiy jihozlar olib berildi. Bu qon ketishini to‘xtatish uchun qo‘llaniladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Germaniyaning «KFV» banki mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilayotgan «Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiyalash» loyihasi doirasida  xarid qilinishi ko‘zda tutilgan  1 mln. yevro qiymatdagi  Gollandiya «PHILIPS» firmasining «INGENIA 1,5T Omega»  MRT apparati 2019 yil iyun oyida markazga keltirilishi rejalashtirilgan.  Hozirgi kunda MRT apparati uchun mo‘ljallangan xonada ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, markazda mamlakatimizda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar hamda ularning xavf omillarining oldini olish, davolash va nazorat qilish, aholining barvaqt o‘lim hamda kasallanishini kamaytirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, aholi salomatligini muhofaza qilish borasida profilaktika chora-tadbirlarini samarali muvofiqlashtirish tizimi mavjud emasligi fuqarolarning jismoniy faolligi darajasini qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom turmush tarzini yuritishda kelishilgan choralar ko‘rish imkonini bermayapti. Aholining tibbiy va sanitar-gigiyenik madaniyati darajasining pastligicha qolayotganligi natijasida asosiy e'tibor profilaktikaga emas, kasalliklar bilan kurashishga qaratilmoqda.

Tibbiyot markazida davolanayotgan bemorlarning tinchligi, osoyishta davolanishi va markaz hududida transport xavfsizligini ta'minlash, begona avtomashinalarning  kirishi hamda bemorlar tomonidan kelgusida e'tiroz bo‘lishining oldini olish maqsadida  100ta avtomobilga mo‘ljallangan avtoturargoh tashkil etildi.

Markazning barcha bo‘limlari yangi, yumshoq va qattiq jihozlar bilan  ta'minlangan. Markaz hududini obodonlashtirish maqsadida yashil maysalar   ekildi, 2 mingga yaqin manzarali daraxtlar va 10 mingga  yaqin har xil turdagi gul ko‘chatlari o‘tqazildi.

Markaz ishchi-xodimlarining faolligini oshirish maqasadida  har kuni ertalab soat 7.30dan soat 8.00gacha jismoniy tarbiya  mashqlari o‘tkazilmoqda.

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli odatlarga qarshi kurashish, aholining tibbiy madaniyatini rivojlantirish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport harakatini tibbiyot profilaktikasi bilan integratsiyalashtirish bo‘yicha ommaviy tadbirlarni o‘tkazish maqsadida markaz xududida sport zal tashkil qilinib, qariyb 30 xildan ziyod mashg‘ulot jihozlari o‘rnatildi. Bemorlar ham ushbu sport zalida jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanadilar.

Markaz jamoasi respublika miqyosidagi tashabbuslarda ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, 5ta muhim tashabbuslaridan biri bo‘lgan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik darajasini oshirish maqsadida «Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman» shiori ostidagi kitob tarqatish  aksiyasida qatnashdi. Markaz bosh shifokori T.Rasulov tomonidan o‘zi ta'lim olgan Qamashi tumanidagi 14-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabiga eng sara adabiyotlar sovg‘a  qilindi.

Bardoshbek SAMAD o‘g‘li tayyorladi.

Ғолиб Абдусаломов
Tayyorlagan Ғолиб Абдусаломов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid