Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Kitob tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tekşiruvda tijorat banklaridan birining hududiy boşqarmasi yetakçi mutaxassisi D.Ş. fuqarolarga bankda yuqori foizli omonat mavjudligini aytib, ularning işonçiga kirgani ma’lum böldi.
Tekşiruvlarga köra, u ikki nafar fuqarodan jami 19 ming AQŞ dollari va 300 million sömni qabul qilib, mablağlarni bankka omonat sifatida joylaştirmasdan, özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilgan.
Kökdala tumanida aniqlangan holatda esa tijorat banklaridan birining Kökdala bank xizmatlari markazi sobiq mahalla agenti A.B. yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali 60 million söm kredit ajratib berişni va’da qilib, fuqarodan 300 AQŞ dollari va 1 million söm olgan.
Şuningdek, u ajratilgan 60 million söm kredit mablağini ham özlaştirgani aniqlangan. Tergov davomida mazkur mablağ hisobidan 2 million söm protsessual tartibda qaytarilgan.
Muborak tumanidagi holatda esa tijorat banklaridan birining filialida sobiq mahalla agenti bölib işlagan G.A. fuqaroning işonçiga kirib, qalbaki hujjatlardan foydalangan holda uning nomiga 47 million söm miqdorida kredit rasmiylaştirib, mablağni özlaştirgan.
Tekşiruv jarayonida uşbu kredit mablaği bankka töliq qaytarilgan.
Har uçala holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilgan bölib, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

















