Qaşqadaryoda xonadonida eşak söyib, göştini turli bozorlarda sotib kelgan erkak qilmişi kassatsiya sudida körib çiqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
44 yoşli I.X. eşak söyib sotgani uçun uç oyda ikki marta sudlangan. 2025 yil 22 oktyabr kuni tezkor tadbirda uning yaşaş xonadonidan iste’molga yaroqsiz bölgan 61 kg göşt, 112 ta eşak terisi va 15 ta eşak qovurğalari topilgan. Uşbu holat böyiça qözğatilgan jinoyat işi JIB Kasbi tuman sudida körib çiqilib, I.X.ga 2 yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.
2025 yil 28 dekabrda içki işlar xodimlari I.X.ning xonadonida yana tezkor tadbir ötkazgan. Bu safar iste’molga yaroqsiz 247 kg göşt, eşak suyaklari va 99 ta teri topilgan. Qözğatilgan jinoyat işi JIB Qarşi tuman sudida körib çiqilgan. Sudning 2026 yil 13 maydagi hukmi bilan I.X.ga bu safar ham ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.
Kun.uz’ning uşbu holatga oid suriştiruvidan söng Qaşqadaryo viloyati prokurorining birinçi örinbosari sud hukmi ustidan protest kiritdi. Protestda I.X.ga nisbatan yengil jazo tayinlangani keltirilib, sud hukmini bekor qilgan holda unga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlaş söralgan.
Qaşqadaryo viloyati sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2026 yil 15 iyundagi hukmi bilan dastlabki sud hukmi bekor qilindi va yangi ayblov hukmi çiqarildi.
I.X. Jinoyat kodeksining 186-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan aybli deb topildi. Unga 4 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. JIB Kasbi tuman sudi hukmi bilan tayinlangan jazoni qisman qöşiş yöli orqali ozodlikdan mahrum qiliş jazosi muddati 4,5 yilga keltirilgan.
Jazoni qattiq tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan. I.X. darhol sud zalidan qamoqqa olingan.
Kun.uz avvalroq I.X.ga oid jinoyat işini yoritib, unga tayinlangan jazo bahsli ekaniga e’tibor qaratgandi.

















