Qaşqadaryo viloyatida kuzatilayotgan anomal issiq tufayli oğir yuk avtomobillari harakatiga vaqtinçalik çeklov joriy etiladi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, gidrometeorologiya xizmati ma’lumotlariga köra, viloyatda kunduzi havo harorati +42...+44 darajagaça, ayrim hududlarda esa undan ham yuqori darajaga kötarilmoqda.
Bunday şaroitda asfalt-beton qoplamasi harorati +70...+75 darajagaça yetib, yöllarning yuk kötariş qobiliyati pasayadi. Natijada oğir yuk avtomobillari harakati ta’sirida yöl qoplamasida ğildirak izlari, deformatsiyalar va boşqa texnik nuqsonlar yuzaga kelişi mumkin.
Şu munosabat bilan davlat budjeti va xalqaro moliya institutlari mablağlari hisobidan qurilgan hamda ta’mirlangan avtomobil yöllarini saqlaş maqsadida Qarşi şahri, tuman markazlari va ularni boğlovçi umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarida oğir yuk avtomobillarining harakati har kuni soat 09:00 dan 19:00 gaça vaqtinça çeklanadi.
Mas’ullar haydovçilar hamda yuk taşuvçi korxona va taşkilotlardan mazkur çeklovlarga qat’iy rioya qiliş, yuk taşiş vaqtlarini belgilangan tartib asosida rejalaştirişni söradi.
Viloyat hokimligiga köra, uşbu çoralar yöl infratuzilmasini asraş, harakat xavfsizligini ta’minlaş va avtomobil yöllarining xizmat muddatini uzaytirişga qaratilgan.
Bundan avval Surxondaryo viloyatida kuçli issiq tufayli oğir yuk avtomobillari harakati vaqtinça çeklangandi.

















