Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat qarori loyihasi: Shayxontohur tumani kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2019-2021 yillarda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan “2019-2021 yillarda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi” ma'qullanishi mumkin.
Dasturning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:
tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan xotin qizlar, yoshlar va kam ta'minlangan fuqarolarning bandligini ta'minlash orqali ularning daromadlarini va turmush darajasini oshirish;
kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish orqali soliq bazasini kengaytirish;
muhandislik kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish;
aholi yashash joylarining me'moriy qiyofasini tubdan o‘zgartirish hamda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish;
ko‘p xonadonli uy-joylarni ta'mirlash va atroflarini obodonlashtirish choralarini ko‘rish.
Toshkent shahar hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:
Shayxontohur tumani Shodlik MFY, Ibn Sino-2 mavzesida joylashgan 10 gektar bo‘sh turgan yer maydonida yangi ish o‘rinlari yaratishni hamda hududning eksport salohiyatini izchil oshirishni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni nazarda tutuvchi ishlab chiqarish texnologik parkini tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Respublika tijorat banklariga:
Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar va ularga butlovchi buyumlarni xarid qilish uchun belgilangan tartibda kreditlar, shu jumladan chet el valutasidagi kredit mablag‘lari ajratish;
Hukumat qarorlari bilan tasdiqlangan Dasturlar asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ajratilayotgan imtiyozli kredit mablag‘larini birinchi navbatda kam ta'minlangan oilalar, xotin qizlar va yosh tadbirkorlarga yo‘naltirish tavsiya etiladi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025