Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi qurilayotgan binoning yuqori qavatidan tushib ketdi
O‘zbekistonning Seul shahridagi elchixonasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 29 may kuni O‘zbekiston fuqarosi Alisher Jovliyev qurilayotgan binoning yuqori qavatidan tushib ketgan va og‘ir ahvolda «Kangvon» universiteti kasalxonasiga olib borilgan.
Jabrlanuvchi Koreya Respublikasiga 20 may kuni Chunchon shahridagi «Kyongin» universitetining til o‘rganish kursida o‘qish uchun kelgan va pul ishlash maqsadida jismoniy mehnat bilan shug‘ullangan.
Diplomatik vakolatxona vaziyatni nazoratga olgan, ish beruvchi va vatandoshimiz davolanayotgan kasalxona rahbariyati bilan aloqa o‘rnatgan. Ish beruvchi tashkilot tashkiliy masalalarni hal qilish va davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga tayyorligini bildirgan.
Koreya Respublikasining tegishli xizmatlari tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Seul shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tdi: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026