Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda MIB xodimiga qarshilik ko‘rsatgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Majburiy ijro byurosining Bulung‘ur tuman bo‘limi davlat inspektorlari I.Mo‘minov hamda F.Xatamov 2019 yil 23 may kuni soat taxminan 16:00larda Bulung‘ur tumani «Oqtosh» mahallasi «Sho‘rbedana» qishlog‘ida yashovchi fuqaro A.Xalilovning yashash xonadoniga energiya resurslari va suvdan foydalanish qonuniyligi holatini tekshirish maqsadida borishib, A.Xalilovga elektr energiyasi iste'moliga taalluqli bo‘lgan hujjatlarni taqdim etishni so‘ragan.
Shu payt A.Xalilovning o‘g‘li X.Xalilov mast holatda kelib qoladi va davlat inspektorlarining qonuniy faoliyatlariga faol qarshilik ko‘rsatib, haqoratlaydi.
So‘ngra, uyali telefonlarini hamda xizmat jyetonlarini tortib olib, davlat inspektori F.Xatamovga tan jarohati yetkazadi.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro X.Xalilovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
17:54 / 20.01.2026
MIB qarzdorlarning telefoni bloklanishi mumkinligini rad etdi
09:45 / 12.12.2025
Ijtimoiy tarmoqlarda MIB nomidan kelayotgan xabarlar feyk ekani aytildi
13:08 / 09.12.2025
Otasini ta’minlashdan bo‘yin tovlagan o‘g‘il 15 sutkaga qamaldi
10:06 / 27.11.2025