Xalq ta'limi vazirligi vaqtinchalik boshqa binoga ko‘chib o‘tdi
Xalq ta'limi vazirligi yangi binosida qurilish-ta'mirlash ishlari yakuniga yetgunga qadar vaqtinchalik Xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Toshkent hududiy markaziga ko‘chdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma'lum qildi.
Xalq ta'limi vazirligining vaqtinchalik binosi Toshkent shahri, Mirobod ko‘chasi, 14-uyda joylashgan. Mo‘ljal — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yoki Yakkasaroy FXDYo.
Ko‘chish munosabati bilan Xalq ta'limi vazirligining telefon raqamlari vaqtinchalik faoliyat yuritmaydi.
Xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Toshkent hududiy markazi Toshkent shahri, Bobur ko‘chasi, 9-uyga vaqtinchalik ko‘chirilgan.
Hududiy markazning iyun oyida rejalashtirilgan darslari Toshkent shahridagi bir necha maktablarda bo‘lib o‘tadi. Ta'til tufayli iyul va avgust oylarida darslar bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
11:05 / 07.12.2022
“Xalq ta’limida bugungi qilinayotgan ishlarning natijasini 5-10 yildan keyin ko‘ramiz” - Baxtiyor Saidov
10:13 / 07.12.2022
Xalq ta’limi vaziri – qachon oxirgi marta avtobusda yurgani, 5 soat uxlashi va tizimdagi qarindosh-urug‘chilik haqida
20:37 / 22.11.2022
XTV va SSV tizimlarida budjetning 77 mlrd so‘mi noqonuniy ishlatildi
14:45 / 10.11.2022