Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy viloyatida avtomobil g‘ildiragi yorilib ketishi ikki kishining o‘limiga sabab bo‘ldi
Foto: KUN.UZ
2019 yil 1 iyun kuni soat 04:50larda Buxoro viloyati Shofirkon tumani Denov mahallasida yashovchi 28 yoshli D.T. o‘z boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinani Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani hududidan o‘tuvchi avtomagistral yo‘lida haydab ketayotgan vaqtida avtomashinaning orqa tomon g‘ildiragi yorilib ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada D.T. boshqaruvni eplay olmay avtomashinani yo‘l chetida to‘xtab turgan fuqaro J.E. boshqaruvidagi yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
Oqibatda “Neksiya” avtomashinasi yo‘lovchisi, Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashagan U.F. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Haydovchi D.T. va yana bir yo‘lovchi B.M.lar tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay B.M. kasalxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:40 / 06.05.2026
Navoiyda 13 nafar bog‘cha bolasini tashib ketayotgan Matiz YTHga uchradi
22:44 / 02.05.2026
Navoiyda ma’danli toshlarni qazish va oltin ajratib olish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
10:03 / 28.04.2026
Navoiyda maktab o‘quvchilari boshqaruvidagi mashina YTHga uchradi
15:39 / 26.04.2026