Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirlari hamkorlikni kengaytirishga oid “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlashdi
30 may kuni Urganch shahrida O‘zbekiston va Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirlari Jamshid Xodjayev va Dmitriy Patrushev tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida o‘rta muddatli istiqboldagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Jamshid Xodjayev sohani rivojlantirishga qaratilgan sa'y-harakatlar amaliy natijasini berayotganini ta'kidlar ekan, savdo hajmini oshirish, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va bu yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashishga tayyor ekanligini bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilda yog‘li ekinlarni hamkorlikda eksperimental yetishtirish, Rossiyada boshoqli don ekinlarini ishlab chiqarish, O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishga alohida e'tibor beriladi.
Dmitriy Patrushev, o‘z navbatida, mustahkam hamkorlik aloqalariga ishonch bildirar ekan, joriy yilning birinchi choragida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi savdo hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga oshib, 130 million AQSh dollarini tashkil etganini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 19 fevral kuni Moskva shahrida O‘zbekiston-Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirlarining uchrashuvida ishchi guruhi doirasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha rejalar tuzilgan edi.
Mavzuga oid
22:47 / 25.01.2026
Ukraina o‘z yerlarini berib qo‘ymaydi – Zelenskiy
14:49 / 24.01.2026
Rossiyada urush qatnashchilarini dafn etish uchun rekord mablag‘ ajratildi
13:18 / 24.01.2026
Germaniya: Moskva murosaga tayyor bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi
13:05 / 24.01.2026