Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda harbiy xizmatchilar Hayit bayramini yangi uylarda kutib olishadi
Surxondaryoning Denov tumanida qurib bitkazilgan yangi uylarning kalitlarini harbiy xizmatchilarga tantanali ravishda topshirildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, harbiy orkestr hamda karnay-surnaylar sadosi ostida uylarni topshirish marosimida Denov tumani hokimi Baxtiyor Ibotov, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari hamda harbiy xizmatchilarning oila a'zolari ishtirok etdi.

Xayrobod qo‘rg‘onida joylashgan harbiy shaharchada barpo etilgan 48 xonadonga mo‘ljallangan ikki qavatli jami 3 ta uyda harbiylar va ularning oila a'zolari uchun barcha zarur qulayliklar yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil rejasi bo‘yicha 74 ta uy ipoteka krediti asosida, 21 tasi xizmat uylari sifatida qurilib, harbiy xizmatchilarga tantanali ravishda topshirilmoqda.


Mavzuga oid
11:40 / 14.07.2026
“Diplom emas, tajriba muhim”: 8 tilni biladigan 25 yoshli Hojimurod hikoyasi
19:55 / 02.07.2026
Tanzila Norboyeva raisligida Surxondaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi
18:28 / 20.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin yaratgan o‘rmonzor "Dendrologiya bog‘i"ga aylantiriladi
09:05 / 17.06.2026