Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy elchisi o‘zbekistonlik talabalarga 2 ta grant ajratilishini ma'lum qildi
Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi muxtor elchisi Tszyan Yan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga tashrif buyurib, talabalar va institut jamoasi bilan muloqot qildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, Tszyan Yan tashrif dasturi doirasida institutning o‘quv laboratoriya va ilmiy bazasi hamda xitoylik hamkorlar bilan olib borilayotgan ishlar ko‘lami bilan tanishdi, institutda tahsil olayotgan 22 nafar xitoylik talabalar bilan suhbatlashdi.
Institut tomonidan xitoyliklar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan “Smart universitet” loyihasi elchida katta qiziqish uyg‘otib, bu kabi innovatsion loyihalarni amalga oshirishda yordam berishga tayyorligini ma'lum qildi.
Talabalar bilan uchrashuvda Tszyan Yan institutning iqtidorli yoshlarini Xitoyning nufuzli oliy ta'lim muassasalarida o‘qitish bo‘yicha 2 ta davlat granti ajratilishini ma'lum qildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:42
Kanada Trampning Xitoy bilan kelishuv haqidagi tanqidini rad etdi
22:04 / 25.01.2026
Xitoyda nishonni aniq uradigan miltiqli dron sinovdan o‘tkazildi
23:57 / 24.01.2026
Tramp Kanadaga 100 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
18:52 / 21.01.2026