Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Ukraina armiyasiga yangi qurol-yarog‘lar zarurligini aytdi
Foto: Valentyn Ogirenko/Reuters
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh respublikachilar partiyasidan senator Robert Portman bilan uchrashuvda Ukraina armiyasining yangi qurol tizimlariga ehtiyoji borligi haqida aytdi. Bu haqda Portman senatda chiqishi chog‘ida ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy Ukraina armiyasining jasurligi va Rossiya targ‘ibotiga qarshi turish zarurligi haqida gapirgan.
«Biz bu targ‘ibotga qarshi turishda yordam beradigan ayrim g‘oyalar haqida suhbatlashdik va men bu mavzuda davlat departamenti bilan bog‘landim», — dedi senator.
Shu bilan birga, Portman Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Ruslan Xomchak bilan ham suhbatlashganini aytdi.
Senatorning so‘zlariga ko‘ra, ushbu suhbat chog‘ida ham Ukrainaga yordam masalasi muhokama qilingan.
Avvalroq Zelenskiy Ukraina Shimoliy Atlantika alyansiga referendumdan so‘ng kirishini aytgandi.
Mavzuga oid
22:21 / 01.02.2026
Eron YeI mamlakatlari armiyalarini "terrorchi guruhlar" ro‘yxatiga kiritdi
14:26 / 31.01.2026
Sirdaryoda pul uchun Rossiya armiyasiga yollangan 60 yoshli shaxs 5 yilga qamaldi
10:06 / 24.01.2026
Dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?
07:44 / 19.01.2026