Uy buzilishlari yangi davrning og‘riqli nuqtalaridan bo‘ldi, desak adashmaymiz. Odamlar o‘z yashab turgan boshpanalaridan, savdogarlar do‘konlaridan, tadbirkorlar binolaridan oddiygina, biror qonunga amal qilinmasligi oqibatida ajrab qolishi holatlari ko‘p kuzatilmoqda.
Bunday masala yuzasidan prezidentimiz o‘z ma'ruzasida qat'iy fikr bilan chiqqandi. «Mulk egasiga zararni to‘liq qoplanmaguncha, davlat va jamiyat ehtiyoji uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish va ko‘chmas mulkni buzish tartibi bekor qilindi», deya ta'kidlagandi Shavkat Mirziyoyev.
Kun.uz tahririyatiga navbatdagi murojaat ham shunga o‘xshash holat yuzasidan bo‘ldi.
Video: Youtube
Chustliklar - «Ogohlantirish yo‘qmi?»
«17 mart kuni dabdurustdan kadastrdan kelishib uy maydonlarini o‘lchay boshlashdi. Yonimizdagi bog‘da yig‘ilish o‘tkazildi. Aytishlaricha, zudlik bilan sentyabrgacha bog‘ni kengaytirish kerak ekan. Hech qanday ogohlantirishsiz. Xohlasangiz ham xohlamasangiz ham shu deyishdi. Xohishlarimiz inobatga olinmas ekan. Bog‘ni kengaytirish uchun uylarimiz buzilar ekan. Bizni hayron qoldiradigan jihat shuki, nega shundoq ham zich Chust markazida bog‘ yana ham kengaytiriladi? Nega?», deydi Mashrabboy Sharipov.

«Bu joylar bizga otameros hisoblanadi. Bizdan bir og‘iz so‘ramasdan, bu joylaringni qo‘shamiz deyishyapti. Avvalo bizni ko‘ndirish, bizning aytganimizni qilish kerak-ku? Mayli, joyni berish bo‘yicha davlatga qarshi bormaymiz. Lekin, bizga sharoit yaratib berilishi kerak emasmi? Tumanda qancha bo‘sh joylar turibdi», deydi yana bir murojaatchi Ilyos Toshmatov.
E'tiborsiz qolgan ziyoratgoh
«Biz uchun yangi uylar qurilgunga qadar kollej yotoqxonasiga joylashishimiz kerak ekan. Bunga qarshiligimizni aytdim. Biz qanday qilib yotoqxonaga chiqamiz? Bola-chaqamiz bor. 90 yoshli buvimiz bor. 80 yoshli nogironligi bo‘lgan onaxonimiz bor. Mening o‘zim ham 65 yoshdagi nafaqadagi ayolman. Shu sanaganlarim to‘rt kishiga hamshira qizim qaraydi. Uy qurib berasizlarmi yoki kottej berasizlarmi deb so‘rasam, «Hokimlik oltin baliqmas sizga!» degan javobni oldim. Bir tarafimiz bolalar bog‘chasi. Shu tarafga karusellarni ko‘chirmoqchimiz, deb tushuntirishdi. Bu yerda 150ta xonadon bor.



















