Foto: Layfxaker

Özingiz uçun çiqiş joyini qoldirmang

Tasavvur qiling, bir odam şirinlik iste'molini bas qilmoqçi. U öziga har kuni bu borada va'da beradi. Natijada esa kun böyi miyasida bir fikr aylanaveradi. Şuning uçun ham salbiy odatdan xalos böliş ança muşkul.

Agar haqiqatan ham öz xulqingizni özgartirişni istasangiz, biror narsani 98 foizga amalga oşiriş mumkinligi haqidagi ğoyadan xalos böling.

Muntazamlik juda muhim, aks holda kuçingizni özingizni rağbatlantirişga sarflaysiz. Özingizga va'da berasiz, biroq çiqiş yölini qoldirasiz. Şu tariqa özingizga qölingizdan kelmasligi borasidagi fikrni singdirasiz.

Biroq siz öylaganingizga qaraganda kuçliroqsiz. Sizga çiqiş joyi kerak emas, şundoq ham qölingizdan keladi. Albatta, rivojlaniş jarayoni muşkul böladi, xuddi özingizning bir qismingizni öldirayotgandek tuyuladi. Xuddi şunday: siz yangi qismlar ösib çiqişi uçun eski qismlarni öldirasiz.

Hayotingizning qolgan qismlarini özgartiriş uçun bir qismini özgartiring

Odam hayotining muayyan qismida adaşib yurgan bölsa, töğri yöl tutolmaydi.

Maxatma Gandi

Hayotning bir sohasidagi ijobiy özgarişlar, hatto juda kiçik bölsa ham kuçli iştiyoq beradi. Muhimi – olingan iştiyoqdan foydalaniş va har kuni boşqa sohalarni özgartiriş. Masalan, har kuni men özimga quyidagi savolni beraman: «Men jismoniy, ruhiy, hissiy salomatlikni heç bölmaganda 1 foizga yaxşiladimmi?»

Yaxşi bölib borgan sari yanada rivojlanişni istaysiz. Qança köp öqisangiz, yanada köproq narsalarni bilişingiz mumkinligini anglaysiz. Bugun yaxşiroq kişiga aylanganingizni tuşuniş sizga qanot beradi. Tasavvur qiling-a, ertaga yana nimalarga erişişingiz mumkin!

Nimadan boşlaşni bilmayapsizmi, qörqmang. Muhimi – biror narsadan boşlaş. Ha, özgarişlar bir martada sodir bölmaydi, biroq ular birgina harakatdan boşlanadi.

Istalgan narsaga erişişingiz mumkinligiga işoning