Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘ch olish uchun xolasini tunagan jiyanga sud hukmi o‘qildi
Ismatga xolasining qizini unga "teng ko‘rmagani" og‘ir botdi. U onasini qancha yo‘lga solishga urinmasin, onasi ham o‘z singlisining gapidan chiqmadi.
Bir hovlida yashaydigan bu qarindoshlar bir-birlarining mol-hollaridan boxabar edilar. Onasi va xolasini yo‘lga sola olmagan yigit o‘ch olmoqchi bo‘ldi.
U xolasining uyda yo‘qligidan foydalanib, unga tegishli bo‘lgan temir seyfni yarim tunda hovlining orqa tomoniga olib o‘tadi. Undan shubhalanmasliklari uchun seyfni kalit bilan emas, temir yordamida ochadi va 50 mln so‘mlik tilla buyumlarni olib, ko‘cha boshidagi axlat uyumlari ichiga yashirib ketadi.
Xolasi ertalab seyfning ko‘rinmayotganidan qo‘rqib ketadi va IIBga xabar beradi. Barcha yaqinlar, jumladan, Ismat ham voqeadan xabardor qilinadi. Endigina ish joyiga yetib borgan Ismat uyga qaytib, IIB xodimlarini ko‘radi va tillalarni yashirgan joyidan oladi-yu xolasining ikkinchi seyfiga hech kimga sezdirmay solib qo‘yadi.
Ichki ishlar xodimlari o‘z aybiga iqror bo‘lib kelgan yigitchani odil sud qo‘liga topshirishdi.
Unga sud tomonidan ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga o‘tkazgan holda uch yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
Akramjon Aripov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudi
Sud amaliyotini tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i.
Mavzuga oid
08:28 / 01.06.2025
Tojikistondan 16 kg giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi
12:28 / 10.05.2025
9 yoshli qizning o‘limiga sabab bo‘lgan BYD haydovchisi 4 yilga qamaldi
15:50 / 25.11.2024
Janubiy Koreyada armiyadan bo‘yin tovlash uchun atay semirgan fuqaro qamaldi
16:20 / 05.06.2024