Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sumkadagi oziq-ovqatlar orasiga nima yashirilgan edi?
Bojxona xodimlari “Toshkent” xalqaro aeroportida uyali aloqa vositalarini yashirincha olib kirishga uringan fuqaroning “ustomonligini” fosh etishdi.
«Seul-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqaro Z.R. harakatlanish uchun «yashil» yo‘lakni tanlab, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida sumkalari ichida oziq-ovqat mahsulotlari borligini ma'lum qildi.
Biroq, fuqaro Z.R. ning qo‘l yuklari rentgen-skaner qurilmalaridan o‘tkazilganda, ushbu fuqaroning “ustomonligi” fosh bo‘ldi. Sumkalar ichidagi oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan va jismoniy shaxslar uchun tovarlarni bojsiz olib kirish me'yoridan ortiq bo‘lgan umumiy qiymati 26 million so‘mlik, 114 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
23:59 / 12.07.2026
Xitoyliklar telefonlaridan ko‘ra elektromobillarini tezroq yangilashmoqda
17:09 / 02.07.2026
Gadjetlar tanangizni siz sezmagan usullarda o‘zgartirmoqda. Buning oldini olish mumkin
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
10:15 / 17.06.2026