Özbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida Içki işlar vazirligi tomonidan tayyorlangan «Özbekiston Respublikasida ommaviy tadbirlarni ötkaziş töğrisida»gi qonun loyihasi muhokamaga qöyildi.
Uşbu qonun maqsadi Özbekiston Respublikasida ommaviy tadbirlarni taşkil etiş va ötkaziş sohasidagi munosabatlarni tartibga soliş maqsadida işlab çiqilgan.
Hujjatda ommaviy tadbir tuşunçasiga ta'rif berilgan – 100 va undan köp kişilarning iştirokida ijtimoiy-siyosiy (anjumanlar, konferensiyalar, s'yezdlar va boşqalar), madaniy-ommaviy va köngiloçar-tomoşa dasturlari (musiqiy, adabiy va boşqa festivallar, konsert, teatr, sport, reklama tadbirlari, xalq sayillari, sirk, milliy namoyişlar va öyinlar, körik-tanlovlar
va boşqalar), şuningdek umumxalq, diniy, kasb bayramlarini ötkaziş maqsadida ommaviy tadbirni ötkaziş obektida taşkil qilinadigan fuqarolarning birgalikda qatnaşişlari.
Ommaviy tadbirlar ikki toifaga ajratilgan:
– 200 va undan köp kişilar iştirokida Toşkent, Nukus şaharlari va viloyat markazlari hududida ötkaziladigan ommaviy tadbir;
– birinçi toifaga kirmaydigan ommaviy tadbir;
Ommaviy tadbirlar ijtimoiy-siyosiy, madaniy, sport va boşqa turda böladi.
Ommaviy tadbirlarni taşkil qiliş va ötkazişga maxsus komissiya (ommaviy tadbirlarni taşkil qiliş va ötkaziş tartibiga rioya etilişini nazorat qiliş vakolatiga ega bölgan şaxslar guruhi) ruxsat berişi kerak böladi.
Qonunning 7-moddasida ommaviy tadbirlarni ötkazişning umumiy şartlari belgilangan.
- ommaviy tadbirning iştirokçisi tomonidan ommaviy tadbirni tayyorlaş va ötkazişni tartibga soluvçi uşbu Qonun va boşqa qonun hujjatlari normalari talablariga majburiy rioya qilinişi;
- ommaviy tadbir iştirokçisining uşbu Qonunda belgilangan talablarga javob berişi;
- ommaviy tadbirning uşbu Qonun talablariga javob beradigan ommaviy tadbirni ötkaziş obektida ötkazilişini ta'minlaş;
- ommaviy tadbirlar oçiq maydonlarda ötkazilgan xollarda hududning xususiyatidan kelib çiqqan xolda taşrif buyuruvçilar sonini oldindan belgilaş;
- ommaviy tadbir ötkazilişining joyi va vaqti böyiça boşqa ommaviy tadbir bilan töğri kelib qolmasligi;
- jamoat transportining mavjudligi yoki ommaviy tadbir tugagandan keyin ommaviy tadbir taşkilotçisi tomonidan tadbir iştirokçilarining jamoat transportidan foydalanişlarini ta'minlaş;












