Soğliqni saqlaş vazirligi Özbekistonda mustaqillik bayrami tadbirlarini ötkaziş tartiblari belgilangani haqida ma'lum qildi.
Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayrami tadbirlarini kötarinki ruhda ötkaziş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida oçiq maydonlarda sayillar, konsert tomoşalari va köngiloçar dasturlarni taşkil etiş borasidagi tegişli taşkilotlar tomonidan berilgan takliflar ma'qullangan.
«Mustaqillikning öttiz yilligi bayramiga tayyorgarlik köriş va uni yuqori saviyada ötkazişni ta'minlaşga mas'ullar tomonidan bayram tadbirlariga taşrif buyuruvçilar niqob taqişlari, ijtimoiy masofa saqlaşlari, şaxsiy gigiyena qoidalariga qat'iy rioya etiş ustidan nazoratini kuçaytirişni ta'minlaş şartligi belgilandi.
Şu örinda Soğliqni saqlaş vazirligi bayram tadbirlari ötkaziladigan maydonlarda, şuningdek, taşkilot, korxona, muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, köngiloçar muassasalarda niqobda böliş, ijtimoiy masofani saqlaş, tana haroratini ölçaş amaliyotlariga rioya etilişini sörab qoladi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

















