Özbekistonda ötkaziladigan ommaviy tadbirlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boşqa mahsulotlar va tovar moddiy boyliklarni bepul tarqatiş yoki haddan taşqari arzon narxda sotiş orqali jalb qiliş taqiqlandi. Bu haqda 2024 yil 29 iyundan kuçga kirgan Vazirlar mahkamasining qarorida belgilab qöyilgan.
Özbekistonda ötkaziladigan ommaviy tadbirlarga fuqarolarni reklama, aksiya va boşqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boşqa mahsulot va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatiş yoki haddan taşqari arzonlaştirilgan narxda sotiş orqali jalb qiliş taqiqlandi.
Bu haqda «Ommaviy tadbirlarni ötkazişda fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş va jamoat tartibini saqlaş böyiça talablarni kuçaytiriş töğrisida»gi hukumat qarorida belgilandi. Mazkur qaror 2024 yil 29 iyun kunidan kuçga kirdi.
Qarorga köra, Milliy gvradiya va IIV tegişli vazirlik va idoralar bilan birgalikda uşbu qarorda belginayotgan talabga ommaviy tadbir taşkilotçilari va ommaviy tadbirni ötkaziş obekti ma’muriyati tomonidan sözsiz rioya qilinişi ustidan nazoratni kuçaytiradi.
IIV va Milliy gvardiya bir oy muddatda özlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga moslaştiradi. Qaror ijrosini ta’minlaş Içki işlar vaziri va Milliy gvardiya qömondoni xzimmasiga yuklatilmoqda.
Ommaviy tadbirlarni ötkaziş qoidalari buzilişiga yöl qöygan taşkilotçilar va uni ötkazgan obekti ma’muriyati MJtKda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Eslatib ötamiz, may oyida 1 iyun – Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan Toşkentdagi «Aşxobod» boğida 20 minta öyinçoq va muzqaymoq tekinga tarqatilişi haqida e’lon berilgandi. E’lon tufayli 1 iyun kuni Aşxobod boğiga juda köp odam kelgan va unga kirib çiqiş yöllari va atrofdagi köçalarda tirbandliklar yuzaga kelgandi. Öşa kuni Huquqni muhofaza qiluvçi idoralarning sa’y-harakati bilan bu tirbandliklar bartaraf etilib, fuqarolar tinç tarqatilgan.
Şundan söng holat yuzasidan boğ direktori A.N., direktor örinbosari A.Z., reklama bölimi boşliği D.T.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Jinoyat işlari böyiça Yaşnobod tumani sudi tomonidan uşbu fuqarolarga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangandi.

















