Soğliqni saqlaş vazirligi madaniy-köngiloçar, ommaviy tadbirlar va yiğilişlarni ötkaziş tartiblariga özgartiriş kiritilgani haqida ma'lumot berdi.
«Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yiğilişida mamlakatimizda karantin talablarini qisqartiriş orqali aholiga madaniy va ma'naviy hordiq çiqariş hamda dam olişlarini mazmunli ötkaziş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş masalasi atrofliça muhokama qilindi.
Xususan, tegişli mutasaddi taşkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2021 yil 20 sentyabrdan boşlab mamlakatimizda tomoşa, madaniy-köngiloçar (teatr, kinoteatr, konsert zallari), ommaviy tadbirlar va yiğilişlarni oçiq maydonlar hamda yopiq majmualarda ötkazişga ruxsat berildi», deyiladi xabarda.
Madaniy-köngiloçar, ommaviy tadbirlar va yiğilişlarni ötkazişda quyidagi karantin çeklovlariga rioya etiş talab qilinadi:
madaniy-köngiloçar obektlar (teatr, kinoteatr, konsert zallari) işçi va xodimlari hamda ommaviy tadbirlar taşkilotçilari va xizmat körsatuvçilari bölgan şaxslar (salomatligi böyiça qarşi körsatma bölgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarşi vaksinaning (turidan qat'i nazar) kamida 2ta dozasi bilan emlanganligi töğrisidagi QR-kodli sertifikati mavjud bölişi lozim;
madaniy-köngiloçar (teatr, kinoteatr, konsert zallari faoliyati) va ommaviy tadbirlarni ötkazişda taşrif buyuruvçilar:
- tibbiy niqobda böliş;
- antiseptik vositalardan foydalaniş;
- kiriş joylarida tana haroratini ölçaş kabi muhim sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya etişlari şart.
Şu bilan birga, madaniy-köngiloçar (teatr, kinoteatr, konsert zallari faoliyati) va ommaviy tadbirlarni ötkaziş obektlariga faqatgina koronavirusga qarşi vaksina bilan emlanganligi töğrisidagi QR-kodli sertifikati mavjud bölgan taşrif buyuruvçilar kiritilişi (salomatligi böyiça qarşi körsatmalar bölgan fuqarolar bundan mustasno) tavsiya etildi.












