Jahon | 20:20 / 10.06.2019
3875
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Facebook, Amazon va Google’ni demokratlar bilan til biriktirishda aybladi

Foto: AFP /Timoti A. Klari

AQSh prezidenti Donald Tramp Facebook, Amazon va Google kompaniyalarini demokratik partiya bilan o‘ziga qarshi til biriktirishda aybladi.

"Ular meni diskriminatsiya qilishyapti deyishim mumkin. Odamlar til biriktirish haqida gapirishyapti. Haqiqiy til biriktirish demokratlar va ushbu kompaniyalar o‘rtasida, chunki ular saylovlar vaqtida menga qarshi edi. Hamma agarda menda bu kompaniyalar bo‘lmasa, g‘alaba qozonolmasligimni aytgandi. Ammo men g‘alaba qozondim", - dedi u CNBC telekanali efirida.

Avvalroq u Twitter ijtimoiy tarmog‘i ma'muriyatini uning akkauntidagi ko‘plab obunachilarni o‘chirib yuborganlikda ayblagandi.  

Amazon rahbari Jyeff Bezos ham o‘ziga tegishli Washington Post gazetasidagi maqolalar tufayli AQSh prezidentining tanqidiga ko‘p marta duchor bo‘lgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid