Jahon | 00:28 / 11.06.2019
4282
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya bosh vaziri lavozimiga 10 nomzod kurash olib boradigan bo‘ldi

Foto: Reuters

Britaniyaning Konservatorlar partiyasi yetakchisi va bosh vazir lavozimlariga 10 nomzod kurash olib boradi, bu haqda partiyaning boshqaruv qo‘mitasi 10 iyun kuni e'lon qildi.

Nomzodlar ro‘yxatida sobiq tashqi ishlar vaziri Boris Jonson, tabiiy zaxiralar vaziri Maykl Gouv, quyi palata sobiq rahbari Andrea Lids, amaldagi tashqi ishlar vaziri Jyeremi Xant, Brexit masalalari bo‘yicha sobiq vazir Dominik Raab, xalqaro taraqqiyot vaziri Rori Styuart, ichki ishlar vaziri Sajid Javid, sog‘liqni saqlash vaziri Mettyu Xenkok, mehnat va nafaqa vaziri Ester Makvi va moliya vazirligining quyi palatadagi vakili Mark Xarper ismlari qayd etilgan.

Bukmekerlar va siyosatshunoslarning fikricha, poyga yetakchilari Jonson, Xant, Raab va Gouv hisoblanadi.

Saylovlar jarayoni iyul oyining yarmida tugashi kutilmoqda. Yangi bosh vazir saylangunga qadar 7 iyunda partiya yetakchisi vakolatlarini rasman topshirgan Tereza Mey ushbu lavozimni egallab turadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid