Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV yonib ketgan yuk mashinalari bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi
Joriy yilning 10 iyun kuni taxminan soat 05.40 larda Buxoro viloyatida, shu kuni soat 17.05da Toshkent viloyatida yuk mashinalar bilan yuz bergan yong‘in yuzasida Ichki ishlar vazirligi rasmiy ma'lumot berdi.
«Zangiota tumanida yashovchi 22 yoshli A.A. boshqaruvidagi « ZIL-131» rusumli yuk avtomashinasini « Jiydali» mahallasi TXAY ko‘chasida haydab ketayotgan vaqtida yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida yuk avtomashinasining kuzov osti qismi yonib zarar ko‘rgan va yuk avtomashinasi yo‘lovchisi 21 yoshli S.S. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Yong‘in kelib chiqish sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi 59 yoshli R.N. boshqaruvidagi « KamAZ» yuk avtomashinasini « Zarangari» MFY Urganji qishlog‘i hududida haydab ketayotgan vaqtida yuk avtomashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketishi oqibatida yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Oqibatda yuk avtomashinasining salon qismi yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q», — deyiladi rasmiy xabarda.
Mavzuga oid
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
13:45 / 17.04.2026
O‘rta Chirchiqda xonadonda chiqqan yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi
10:56 / 17.04.2026
IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish yo‘lga qo‘yildi
15:23 / 13.04.2026