Jahon | 18:21 / 11.06.2019
4466
1 daqiqa o‘qiladi

Meksika janubiy chegarada gvardiya qo‘shinlarini joylashtirishni boshladi

Foto: EPA

Meksika Markaziy Amerika mamlakatlaridan noqonuniy migratsiya oqimiga qarshi kurashish uchun janubiy chegarada milliy gvardiya qo‘shinlarini joylashtirishni boshladi, deb ma'lum qildi mamlakat tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrard.

Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus komissiya tuzilgan bo‘lib, uning tarkibiga tashqi va ichki ishlar hamda ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha idoralar vakillari kirgan.

Meksika  Salvador, Gvatemala va Gonduras hukumatlari bilan hamkorlikda Markaziy Amerika mamlakatlaridan kelgan migrantlarni ro‘yxatga olish va ularga yordam berishni ko‘zlamoqda. 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp agarda Meksika noqonuniy migrantlarga qarshi chora ko‘rmasa, unga nisbatan sanksiyalar kiritilishini aytgandi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid