Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatarda JCh-2022 obektlari qurilishida mingdan ko‘proq nepallik halok bo‘lgan – OAV
Foto: Bernd von Jutrczenka, dpa, Globallookpress
Qatarda futbol bo‘yicha 2022 yilgi jahon chempionatiga stadionlar qurilishida kamida 1400 nafar nepallik quruvchi halok bo‘lgan. Arab News nashrining xabar berishicha, nepallik quruvchilarning Qatardagi obektlar qurilishida halok bo‘lganini Nepal hukumati tasdiqlagan.
Ma'lum qilinishicha, Qatarda quruvchilar yomon sharoitlarda yashashadi va xavfli qurilish maydonlarida ishlashadi. Nepal mehnat vazirligi vakili Narayan Ragmining ta'kidlashicha, halok bo‘lganlarning aniq sonini hukumatdan aniqlashtirish kerak.
“Ko‘plab nepallik ishchilar Qatarda halok bo‘lishgan. Biz Qatarga ishchilar yuborishni boshlaganimizdan beri ulardan ba'zilari halok bo‘lgan. Biroq men halok bo‘lganlar 1400 nafar ekanligi aniq raqam ekanligiga ishonchim komil emas”, deb aytgan Nepal vakili.
Bu haqidagi ma'lumot WDR nemis telekompaniyasining hujjatli filmida paydo bo‘lgan. Filmda halok bo‘lganlar yaqinlarining aytishicha, ular Qatardan hech qanday kompensatsiya olishmagan. Ta'kidlanishicha, ish beruvchilarga nisbatan ish qo‘zg‘atishga hali muvaffaq bo‘linmagan.
Nepal hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, Qatarda baxsiz hodisalar va yashash hamda ishlash uchun yomon sharoitlar oqibatida har yili 110 ga yaqin nepallik halok bo‘ladi. Muxbirlarning aytishicha, quruvchilar xavfsizlikning pala-partish ta'minlangani sababli o‘ladilar. Ular yomon sharoitlarda yashaydilar, issiq havoda va tegishli hujjatlarsiz ishlaydilar, oz maosh oladilar.
Mavzuga oid
10:16 / 28.03.2026
Nepal sobiq bosh vaziri hibsga olindi
11:22 / 23.03.2026
Qatarda harbiy vertolyot halokati: yetti kishi vafot etdi
20:13 / 19.03.2026
Isroil dunyodagi eng yirik gaz koniga zarba berdi. Gaz narxi ko‘tarilib ketdi
22:38 / 17.03.2026