Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tataristonda O‘zbekiston bosh konsulligi ochildi
Tatariston poytaxti Qozonda O‘zbekiston bosh konsulligi ochildi. Uning javobgarligi ostida Volgabo‘yi federal okrugining 14 ta regioni bo‘ladi.
Konsullik Suvar Plaza savdo-ofis markazida ochilgan. Uning ochilishida Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov ishtirok etishgan.
“Men shu munosabat bilan qabul qiluvchi tomondan bosh konsulligimiz faoliyatini tashkillashtirishda biz his qilayotgan doimiy ko‘mak uchun juda minnatdorman va konsullik o‘zaro munosabatlarimizning yanada rivojlanishi uchun xizmat qilishiga umid bildiraman hamda biz bu yerda yashaydigan, ishlaydigan fuqarolarimizga ko‘rsatiladigan konsullik xizmatlari sifatini yaxshilaymiz”, deb aytgan Botirjon Asadov.
O‘zbekiston elchisi konsullik “madaniy-gumanitar, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga ham xizmat qilishini” qo‘shimcha qilgan.
Tataristondagi bosh konsullikka Fariddin Nasriyev rahbarlik qiladi.
Mavzuga oid
11:48 / 16.04.2026
O‘zbekistonda aholi soni bo‘yicha yangi ma’lumot e’lon qilindi
09:56 / 16.04.2026
O‘zbekistonda moliyaviy jarimalar bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi
10:14 / 13.04.2026
Valdaydagi Putin qarorgohi atrofida havo hujumidan mudofaa kuchaytirildi
20:03 / 05.04.2026