Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Parijdagi aviashouda o‘zi ishlab chiqarayotgan beshinchi avlod qiruvchi samolyotini namoyish etadi
Turkiyaning aviatsiya-kosmik texnikasini ishlab chiqaruvchi Turkish Aerospace Industry (TAI) kompaniyasi 53-Parij aviashousida ilk bor o‘zi ishlab chiqarayotgan beshinchi avlod qiruvchi samolyotini namoyish etadi. Aviashou 17-23 iyun kunlari Parij yaqinidagi Le-Burjye shaharchasida bo‘lib o‘tadi.
"Parij aviashousi davomida TF [Turkish Fighter Project] dasturi doirasida ishlab chiqarilayotgan beshinchi avlod qiruvchi samolyotining to‘liq hajmdagi maketi ilk bor namoyish etiladi", - deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
Kompaniyadagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda TF-X (Turkish Fighter - X) nomini olgan beshinchi avlod qiruvchisi loyihasi samolyotga bo‘lgan talablarni aniqlash jarayonida.
"Ayni paytda TAI ishlab chiqarilayotgan namunaning parvoz-texnik xususiyatlarini aniqlamoqda", - dedi u.
Kompaniyaning ma'lum qilishicha, Le-Burjyedagi aviashouda shuningdek, Turkiyaning ilk T129 ATAK jangovar vertolyoti parvozi namoyish etiladi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026