Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mustaqil ravishda boylikka erishgan 5 nafar eng badavlat ayol
Dunyoning eng badavlat ayollari o‘ntaligidan o‘z otalari va turmush o‘rtoqlarining merosxo‘rlari joy olgan. myfin.by sayti esa o‘z mehnati va tadbirkorligi sababli badavlat kishiga aylangan ayollar reytingini tuzdi. Keling, ular bu natijaga qanday erishganlarini kuzatamiz.
Chjou Kunfey. 11,4 mlrd dollar. Xitoy, Lens Technology kompaniyasi
Uning muvaffaqiyati tarixi – qashshoqlikdan jahon korporatsiyasiga asos solinishi haqidagi hikoya.
Chjou Kunfey kambag‘al oilada tug‘ilgan, 5 yoshida onasini yo‘qotgan. Bemor otasiga yordam berish, yana ikki bolani boqish uchun maktabni tashlab ketdi. Keyin esa soat oynalarini ishlab chiqarish fabrikasida ishga kiradi.
Chjou Kunfey karerasining boshlanishiga ishdan bo‘shash haqidagi arizasi sabab bo‘ldi. U ishdan nima uchun ketmoqchiligi o‘rniga ishlab chiqarish samaradorligi bo‘yicha o‘z takliflarini yozib berdi.
Fabrika rahbariyati aql bilan ish tutib, qizni ishdan bo‘shatish o‘rniga uning mansabini oshirdi. Vaqt o‘tishi bilan u nafaqat mansab pillapoyalaridan olg‘a harakat qildi, balki shaxsiy ishini ochish uchun biroz mablag‘ jamg‘arishga ham muvaffaq bo‘ldi.
Chjou Kunfey murakkab texnikadagi shishani ishlab chiqara boshladi. Uning firmasi Lens Technology korporatsiyasigacha rivojlandi. Shaxsiy mablag‘i esa 11,4 milliard dollarga yetdi.
Vu Yatszyun. 9,4 mlrd dollar. Xitoy, Longfor Properties kompaniyasi
Vu Yatszyun biografiyasi avvalgi qahramonga qaraganda ancha omadli. U universitet ta'limini oldi, sanoat va jurnalistikada ishlashga ulgurdi.
Avvalgi tanishlari bilan aloqalari unga ish berdi. 1993 yilda Vu Yatszyun turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda ko‘chmas mulk sohasidagi investitsion kompaniyaga asos soldi. 2012 yilda juftlik ajrashdi, uning sobiq turmush o‘rtog‘i esa biznesdan ketdi.
Vu Yatszyunning shaxsiy boyligi hozirda bozorning yuqori texnologik segmentidagi investitsiyalar hisobiga o‘sishda davom etmoqda.
Judi Folkner. 3,7 mlrd dollar. AQSh, Epic Systems
Judi Folkner mashhurlikka intilmagan odam sifatida dong qozongan.
Boyligining asosi – shaxsiy aqli. U dasturchi, uning firmasi tibbiyot muassasalari uchun dasturlar, shuningdek, elektron tibbiyot xaritalarini sotadi.
Opra Uinfri. 2,8 mlrd dollar. AQSh, teleboshlovchi
Opra badavlat oilada tug‘ilmagan bo‘lsa-da, ta'lim olish, universitetni tugatish va muxbir bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Uning keyingi taqdiri ancha omadli kechdi, Opra televideniyega ishga keldi. Unda iste'dod paydo bo‘ldi. U tok-shoularni olib borish, dolzarb mavzularda suhbatlashish, ommaviy axborot vositalari va omma e'tiborini o‘ziga jalb etishni boshladi.
Muvaffaqiyat uzoq kuttirmadi, hozirda Opra Uinfri – Amerikadagi ta'sirga ega shaxslardan biri.
Opra mukofot pullarini sarmoyaga to‘g‘ri yo‘naltira oldi, uning shaxsiy boyligi 3 mlrd dollarga yaqinlashmoqda.
Sara Bleykli. 1 mlrd dollar. AQSh, Spanx kompaniyasi
Sara Bleyklining milliardlari ro‘yxatdagi avvalgi ayollar singari kutilmagan holat emas, shaxsiy mehnat natijasidir. Sara Bleykli o‘zini turli sohalarda sinab ko‘rdi. Hech bir yerda haqiqiy muvaffaqiyatga erishmadi. Biroq komil ishonch bilan eshiklarni taqillatishda davom etdi.
Ana shunday kunlardan birida unda ayollar uchun kiyim ishlab chiqarish g‘oyasi paydo bo‘ldi.
Mahsulotni ommaviylashtirish uchun patentni ro‘yxatdan o‘tkazishga puli yo‘q edi. Biroq u qat'iyat bilan fabrikalarga murojaat qildi, Opra Uinfri shousidagi reklamasidan keyin esa savdolar ortishiga erishdi. Natijada Spanx qomatni to‘g‘rilash kiyimi sifatida mashhurlikka erishdi.
Biroq Sara Bleykli shu bilan o‘z harakatlarini tugatmadi, startaplarga sarmoya kiritish, boshqa milliarderlar bilan hamkorlik qilish, o‘zgalar g‘oyalarida pul ishlab topishni davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
19:40 / 06.06.2026
Turk milliarderi latifa aytgani uchun javobgarlikka tortilishi mumkin
10:14 / 21.05.2026
Farg‘onada ayol erini urgani uchun oilaviy zo‘ravonlikda ayblandi
09:58 / 08.04.2026
Xorazmda haykalni o‘pgan ayol jarimaga tortildi
07:40 / 25.03.2026