Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng qadimiy bayroqning 800 yilligi nishonlanmoqda
Bugun dunyodagi eng qadimiy bayroq – Daniya bayrog‘ining 800 yilligi nishonlanmoqda.
Afsonalarda aytilishicha, ushbu bayroq 1219 yil 15 iyunda jang maydoniga tushgan. Jang Tallin yaqinidagi Lyundanisse qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan.
Ushbu bayroq haqidagi qaydlar 1520 yilda – jangdan bir necha asr keyin daniyalik ikki solnomachi tomonidan bitilgan.
Solnomachilardan biri Piter Olsenning yozishicha, daniyaliklar estlar yerida g‘alaba qozonishgan vaqtda osmondan ushbu bayroq tushgan va yangi milliy bayroq vujudga kelgan.
Tarixiy qaydlarda yozilishicha, samodan tushgan bayroq 1713 yilgacha Shlezvigdagi soborda saqlangan va sobor qayta qurilayotgan paytda yo‘qolib qolgan. Aytishlaricha, u chirib yo‘q bo‘lib ketgan.
Mavzuga oid
23:52 / 07.06.2026
Eriksen yana o‘yin vaqtida hushidan ketdi
14:25 / 24.03.2026
Daniyada saylovlar: Grenlandiya atrofidagi ziddiyat siyosat markazida
21:26 / 14.02.2026
Daniya bosh vaziri Grenlandiyaning narxini aytishdan bosh tortdi
17:08 / 02.02.2026