Pora olgan ham, uni bergan ham dözaxiydir. Islom dinining uşbu qat'iy hukmi korrupsiya illati barça zamonlarning «boş oğriği» bölib kelganidan dalolatdir. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça respublika idoralararo komissiyasining kengaytirilgan majlisida ma'ruza qilgan Senat raisi Niğmatulla Yöldoşev korrupsiya haqida fikr bildirar ekan, şunday sözlarni keltirdi, deb xabar qiladi Kun.uz muxbiri.
Senat raisining qayd etişiça, bugungi kunda insoniyatning aksariyati jahon uruşlari, butun boşli xalqlar hayotiga xavf soluvçi epidemiyalar, ibtidoiy davrga xos qoloqlik kabi mudhiş xatarlardan ma'lum ma'noda uzoqlaşgan bölsa-da, hanuzgaça öz kölami va miqyosi jihatidan bu xatarlardan kam bölmagan illatlardan xalos bölgani yöq. Ana şunday illatlardan biri esa korrupsiyadir.
«Zotan, barçaning yakdil xulosasiga köra, korrupsiya jamiyatni turli yöllar bilan iskanjaga oladigan dahşatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va qonun ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarining buzilişiga olib keladi, islohotlarga tösqinlik qilib, jamiyat taraqqiyotini ortga suradi. Oqibatda hayot sifati yomonlaşib, odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyuşgan jinoyatçilik, terrorizm va boşqa hodisalarning ildiz otişi uçun şaroit yuzaga keladi», - dedi Yöldoşev.
BMT ma'lumotlariga köra, har yili dunyo iqtisodiyoti korrupsiyadan 2,6 trln dollar zarar körmoqda. Bu jahon yalpi mahsulotining taxminan 5 foizini taşkil etadi. Pora miqyosi 1 trln dollarni taşkil etmoqda. Bu esa, ehtiyojmand xalqlarga berilayotgan gumanitar yordamdan 10 baravar ziyod ekan jirkanç illat kölami naqadar kengligiga yaqqol isbotdir.
Niğmatulla Yöldoşevning ta'kidlaşiça, korrupsiyaning eng xatarli jihati şundaki, uning ildizlari juda olis tarixga borib taqaladi va u ayrim toifadagi odamlar, ayniqsa, davlat xizmatidagi ba'zi mansabdorlar va mas'ullarning qon-qoniga singib ketgan tom ma'nodagi kasallikdir.
«Birgina misol: islom dinining «Pora olgan ham, uni bergan ham dözaxiydir», degan qat'iy hukmi barça zamonlar uçun bu illat jamiyatning «boş oğriği» bölib kelganidan dalolatdir. Afsuski, jamiyatni bu kasallikdan batamom xalos etişning hamma uçun birdek maqbul vositasi haligaça öylab topilmagan.
Turli davlatlar bu illatga qarşi turli yöllar bilan kuraş olib bormoqda.
Qaysidir davlatda korrupsiya jinoyati uçun jazoni kuçaytiriş, boşqasida keng vakolatlarga ega bölgan davlat xizmatçilarini moddiy jihatdan bekamu-köst ta'minlaş, yana birida vakolatli organlar faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini yölga qöyişga e'tibor qaratilmoqda», - deya ta'kidladi Senat raisi.












