Özbekiston kapital quriliş sohasidagi ma'muriy-buyruqbozlik tizimi, quriliş materiallari yetkazib berişda soğlom raqobat muhiti şakllanmagani, yer ajratiş böyiça ariza 12 ta taşkilot tomonidan 60 kun mobaynida körib çiqilişi kabi qator omillar sohada korrupsiyaga barham beriş imkonini deyarli yöqqa çiqaradi.
Senat raisi Niğmatulla Yöldoşev 15 iyun kuni korrupsiyaga qarşi respublika idoralararo komissiyasining kengaytirilgan majlisida şu haqda söz yuritdi.
Yöldoşevning aytişiça, bugungi mavjud amaliyotga köra, quriliş sohasida faoliyatni amalga oşiriş uçun 4 turdagi litsenziyaga ega böliş talab etiladi. Har bir litsenziyani beriş alohida nizomlar bilan tartibga solinadi, litsenziyalarni beriş muddatlari va ular uçun davlat bojlari miqdori ham har xil. «Umumiy», ya'ni universal litsenziyani oliş imkoni yöq.
Qolaversa, litsenziyalar faqat yuridik şaxslarga beriladi. Quriliş uçun yer maydoni ajratiş böyiça ham qator masalalar dolzarbligiça qolmoqda. Xususan, quriliş işlari uçun yer ajratiş jarayonlari 60 kun davomida 12ta taşkilot iştirokida keçadi. Şu holatning öziyoq sohada korrupsiyaga barham beriş kafolatlarini deyarli yöqqa çiqaradi.

Bundan taşqari, Yöldoşevning ta'kidlaşiça, qurilişni boşlaş uçun boşqa ruxsat beruvçi hujjatlarni oliş ham talab etiladi. Jumladan, quruvçi arxitektura-loyihalaş topşiriqlarini qölga kiritiş uçun kamida 30 kun vaqt sarflaydi. Loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş jarayonlari ham deyarli şu tarzda keçadi. Keyin loyiha-smeta hujjatlarini kelişiş jarayoni boşlanadi.
Şaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan ötkaziş bosqiçi ham bor va buning uçun kamida 2 hafta vaqt zarur böladi. Quriliş bilan boğliq işlarning ikkinçi bosqiçi ham bor. U ham bölsa, quriliş obektlarida inspeksiyaviy nazorat jarayonlari bilan boğliq. Bunday nazorat qurilişda 7 bosqiçda amalga oşiriladi. Keyingi bosqiç esa, quriliş obektini foydalanişga qabul qiliş bilan bevosita boğliq va u kommunikatsiya tizimlariga ulanişning ğoyat murakkab jarayonlarini ham qamrab oladi.
«Xöş, ana şunday tarzda ba'zida asossiz ravişda çalkaştirilib, murakkablaştirilib yuborilgan jarayonlar korrupsiya holatlari bilan birga keçmasligiga kim kafolat beradi?» deya savol bilan murojaat qildi Senat raisi majlis iştirokçilariga.
Yöldoşev, qişloq joylarda namunali loyihalar asosida uy-joylar quriş bilan boğliq holatni örganilib qator kamçiliklar aniqlanganini e'tirof etdi.













