Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolton AQShning Kubani Venesuela neftidan mahrum qilish rejasi haqida ma'lum qildi
AQSh ma'muriyati Venesueladan Kubaga neft yetkazib berilishining oldini olish uchun qo‘shimcha choralarni ko‘rib chiqmoqda, dedi Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton.
"Ro‘yxatga Venesuela va Kubadagi shaxslarni kiritish rejasi bor. Venesueladan Kubaga neft yetkazib berilishining oldini olish uchun ko‘proq choralar qabul qilmoqchimiz. Har safar sanksiya kiritganimizda Maduro rejimi ularni chetlab o‘tishga urinmoqda va biz yangi uslublar orqali buning oldini olish ustida ishlamoqdamiz", - dedi Washington Free Beacon nashriga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kuba jahon bozoridagiga nisbatan arzon neft olgani uchun Venesuelaga harbiy yordam ko‘rsatmoqda. Venesuela xalqi esa aksincha, kubaliklardan hech qanday foyda ko‘rmayapti, dedi Bolton.
Iyun oyi boshida AQSh Kubaga qarshi yangi sanksiyalar kiritgandi. 5 iyundan AQSh fuqarolariga Kubaga ta'lim almashuvi bo‘yicha ommaviy safarlar uyushtirishi, AQSh yo‘lovchi kemalarining Kuba portlariga kirishi taqiqlanadi.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026