Jahon | 00:19 / 17.06.2019
4547
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada 4 ta yuk mashinasida noqonuniy muhojirlar ushlandi

Foto: RIA "Novosti"

Meksika huquq-tartibot idoralari Verakrus shtatida 4 ta yuk mashinasi ichida 800 ga yaqin noqonuniy muhojirni aniqladi.
  
Ma'lum qilinishicha, muhojirlar federal politsiya, milliy gvardiya va migratsiya milliy institutining qo‘shma operatsiyasi vaqtida ushlangan.

Muzlatgichli yuk mashinalarning har birida 200 ga yaqin kishi, jumladan erkaklar, ayollar va bolalar bo‘lgan. Mashinalar haydovchilari federal prokuraturaga yetkazilgan.

Milenio nashri ma'lumotlariga ko‘ra, markaziy amerikalik muhojirlar Tabasko  shahridagi Vilyaermosa shahridan jo‘nashgan, biroq 3 soatdan keyin yuk mashinalar to‘xtatilgan. Haydovchilar hujjatlarida ular Verakrus shtatiga meva tashib ketayotganlari ko‘rsatilgan bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, muhojirlar mamlakat shimoliga yetkazilish uchun 3 mingdan 3,5 ming dollargacha pul to‘lashgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid