Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaning mudofaa sohasiga 250 mln dollar ajratadi
AQSh Ukrainaga mudofaa sohasida yordam berish uchun 250 mln dollar ajratadi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligi bayonotida aytilgan.
Pentagonda pullar qo‘shimcha tayyorgarlik, Ukraina qurolli kuchlari salohiyatini oshirish uchun maslahat xizmatlariga sarflanishi ma'lum qilingan. Jumladan, amaldagi o‘quv dasturlari uchun qurilmalar sotib olinadi, shuningdek, snayper miltiqlari, granatomyotlar, radarlar, aloqa qurilmalari va tungi ko‘rish priborlari, harbiy tibbiy yordam taqdim qilinadi.
Pentagon ma'lumotlariga ko‘ra, yangi moliyalashtirish bilan birga Kiyevga ajratilgan umumiy yordam qiymati 1,5 mlrd dollarga yetadi.
Pentagonning ta'kidlashicha, AQSh Ukrainaga “xavfsiz, farovon, demokratik va erkin Ukraina maqsadida hududiy yaxlitligini himoyalash uchun” yordam taqdim qilishni davom ettiradi.
Mavzuga oid
11:35 / 21.06.2026
Kapotnyadagi zavodga zarba oqibatlari. Kosmosdan ko‘rinish
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
22:13 / 19.06.2026