Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda sakkiz oylik farzandini 9 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
Toshkentda farzandini to‘qqiz ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan juftlik qo‘lga olindi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Xabarda aytilishicha, Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi 23 yoshli erkak va 26 yoshli ayol o‘tgan yil oktyabrida dunyoga kelgan o‘g‘lini tanishi, 27 yoshli ayolga 9 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qashqadaryoda 20 kunlik chaqalog‘ini 5 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026