Jahon | 16:40 / 20.06.2019
4915
1 daqiqa o‘qiladi

Kataloniya ispanlarning 500 yil avval Meksikaga yetkazgan zarari uchun uzr so‘radi

Foto: Reuters /Scanpix

Kataloniya hukumati 1519-1521 yillardagi ispanlar istilosi paytida yetkazilgan zarar uchun tub meksikaliklardan uzr so‘radi. Bu haqda EFE agentligi xabar berdi.

Agentlikning xabariga ko‘ra, Kataloniya hukumati maslahatchilaridan biri Alfred Bosk Meksikaning tub aholisini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Uning fikricha, "bosib olish va mustamlakaga aylantirish kamsitish va cheklashlarga olib kelgan".

Mart oyida Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador Ispaniya qiroli Filipp VI’ga maktub yo‘llab, istilo uchun uzr so‘rashga chaqirgandi.  

Ispaniya hukumati bunga javoban, Madrid uzr so‘ramoqchi emasligini ma'lum qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid